Zumla
2025 — 2026Ish e’lonlari platformasi · Veb + iOS/Android ilova + Telegram bot
O‘zbekiston bo‘ylab ish e’lonlari bir joyda — har bir odamga mos ishni topib beradigan platforma.
// Portfolio · 2026 — Namangan · O‘zbekiston
Full-Stack Software Engineer & Product Designer
men quraman →veb-platformalar · mobil ilovalar · Telegram botlar · AI tizimlar · onlayn do‘konlar · 3D tajribalar
Yangi loyihalar uchun ochiqman
Har biri ishlab turgan, haqiqiy foydalanuvchili mahsulot — dizayndan ishga tushirishgacha.
Ish e’lonlari platformasi · Veb + iOS/Android ilova + Telegram bot
O‘zbekiston bo‘ylab ish e’lonlari bir joyda — har bir odamga mos ishni topib beradigan platforma.
Bepul test va kitob platformasi · Veb + iOS/Android ilova + Telegram bot
Abituriyentlar uchun 21 fan bo‘yicha 12 600+ bepul test, har savolga yechim, reyting va 119 ta kitob — sayt va oflayn ishlaydigan ilovada.
Elektronika va mebel ishlab chiqaruvchisi uchun onlayn do‘kon · B2C + B2B
Monoblok, kompyuter, mebel va boshqa 1 500 ga yaqin mahsulotli, onlayn to‘lovli to‘liq e-commerce.
Kimyo korxonasi uchun buyurtma tizimi · 3D landing
To‘rt rolli ishlab chiqarish tizimi va scroll bilan jonlanadigan 3D tanishtiruv sahifasi — atirgul sovunga aylanadi.
Rus tili sertifikat testlari · ta’lim platformasi
O‘quvchilar sertifikat imtihoniga tayyorlanadigan test sayti va o‘qituvchi paneli.
Mebel ishlab chiqaruvchisi · sayt + bosma katalog + brend materiallari
Ko‘rgazma uchun uch tilli sayt, 20 sahifali katalog, varaqalar va vizitkalar — hammasi bitta dizayn tizimida.
Telegram bot · oliy ta’limga qabul natijalari
Abituriyent ID raqamini yozadi — bot mandat natijasi, raqobat va o‘rinlarni darhol ko‘rsatadi.
Skrinshot emas — mantiq. Botlarim ichida nima sodir bo‘lishini qadamma-qadam ko‘ring: kim nimani qiladi, qayerda tekshiradi, xato bo‘lsa qayerga buriladi.
Odam oddiy tilda yozadi — bot uni tushunib, aynan mos ish e’lonlarini topadi. AI faqat TUSHUNADI, javobni esa kod yozadi.
Nega shunday: model javob yozsa, ba’zan yo‘q e’lonni «to‘qib» qo‘yadi. Model faqat JSON qaytaradi, javob shablondan yig‘iladi — natijada bot hech qachon yolg‘on gapirmaydi va AI o‘chsa ham ishlayveradi.
Har kuni ishlatadigan texnologiyalarim — har biri ishlab turgan loyihada sinalgan.
Mahsulotni 3D’da aylantirib ko‘rsatish, scroll bilan harakatlanadigan 3D hikoya, 3D logotip va reklama videolari — Three.js va Blender’da.
Tez, SEO’ga tayyor, ko‘p tilli saytlar — korporativdan murakkab platformagacha.
Katalog, savat, Payme / Click to‘lovlari, diller narxlari va admin panel.

iOS va Android uchun React Native ilovalar — App Store va Google Play’ga chiqarishgacha.
Buyurtma, to‘lov, bildirishnoma va AI suhbatli botlar — serverless, 24/7.
Claude va Gemini bilan mos tavsiya, avto-tarjima, AI suhbatli botlar va avtomatlashtirish.
UI/UX, logotip, katalog, varaqa, vizitka va 3D / video reklama.
34 000+ yozuvli baza: soatlik yangilanish, takror va firibgarlik filtrlari, geolokatsiya qidiruvi.
Hudud, maosh, soha va xatti-harakatga qarab mos ish topadigan algoritm — 414 foydalanuvchida o‘lchangan aniqlik 97%.
App Store tekshiruvidan o‘tish, Apple rad javobini hal qilish, Google Play’ni sozlash.
Raqamlar sizishini yopgan audit, so‘rov chegaralari, shaxsiy ma’lumot so‘rovlariga javob.
Payme, Click, chek orqali premium — webhook bilan tasdiqlash.
Three.js, Blender va kod bilan yasalgan reklama videolari.
Biznesingiz va mijozingiz kimligini aniqlayman — nima qurish kerakligi shundan chiqadi.
Ekranlar va brend ko‘rinishini kod yozishdan oldin kelishib olamiz.
Kichik bosqichlarda: har bosqich oxirida ishlaydigan versiyani ko‘rasiz.
Domen, hosting, to‘lov, do‘konlarga chiqarish — hammasini o‘zim qilaman.
Raqamlarga qarab yaxshilayman: nima ishlayapti, nima yo‘q.
(06)
G‘oyangizni bir necha jumlada yozing — bir kun ichida javob beraman.